Toshkentda iPost filiallari uchun hamkorlar qabul qilinyapti
20.10.2026

Toshkentda iPost filiallari uchun hamkorlar qabul qilinyapti

Post tarmog'i poytaxtning barcha tumanlarida hamkor filiallar tarmog'ini kengaytirishni boshladi. Yangi filiallar uy sharoitida ochilishi mumkin, bunda alohida ofis ijaraga olish yoki katta mablag' sarflash talab etilmaydi.

Nima uchun Toshkentda filiallar kerak?

Poytaxtda onlayn buyurtmalar soni mamlakat bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Har kuni minglab buyurtmalar yo'lga chiqadi va qabul qilinadi. Buyurtmalar oqimi ko'paygani sabab, shahar tumanlarida har bir mahalla uchun ishonchli va yaqin topshirish nuqtalariga ehtiyoj kuchaydi. Aynan shu ehtiyojni qoplash maqsadida iPost yangi hamkorlarni jalb qiladi.

Hamkorlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

- Uyda ishlash imkoniyati. Filialni o'z uyingizda ochib, yashash hududingizdagi mijozlarga xizmat ko'rsatish mumkin.
- Barqaror daromad. Hamkorlarga qabul qilingan va topshirilgan har bir kilogramm tovar uchun to'lov to'lanadi.
- Qulay ish tartibi. Ish qidirib shahar kezish shart emas. Filial faoliyatini oilaviy ro'zg'or va bola tarbiyasi bilan birga olib borish mumkin.
- Rag'batlantirish. Har oy eng faol filiallar sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Asosiy talablar

Toshkent shahrida filialni faqat 1-2-qavatda ochish mumkin. Bu mijozlar uchun qulaylik yaratish va tovarlarni qabul qilish hamda topshirish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Joylar soni cheklangan

Shartlarga ko'ra, Toshkentning har bir tumanidan faqat cheklangan miqdordagi hamkorlar qabul qilinadi.

Ro'yxatdan o'tish tartibi

Filial ochishni istaganlar ariza topshirishi uchun Telegram-bot orqali ro'yxatdan o'tishi lozim: @yetkazfilial_bot. Ro'yxatdan o'tish faqat shu bot orqali amalga oshiriladi.

Eslatma: iPost tarmog'i Toshkent shahri va 12 ta viloyatda ham yangi filiallar ochyapti.