Avia orqalibuyurtma
Havo yo‘li — Xitoydan 3–7 kunda. Noldan boshlab 7 qadamda.
Avia nima va kimga kerak?
Mavsumiy tovar, sovg‘a, namuna (obrazets), qimmat va yengil mahsulot, sanaga bog‘liq buyurtma.
7 qadamda buyurtma
Har bir qadamni ketma-ket bajaring — yuk adashmaydi.






Ilovadan ID kodingizni oling
iPost ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting — Profil bo‘limida 🆔 Kod ko‘rinadi (masalan, 62025).

Ombor manzilini ilovadan oling
Ilovada: 🇨🇳 Xitoy manzilimiz → ✈️ Avia. Ilova manzil, telefon va ID kodni avtomatik qo‘yib beradi.

Tovar ruxsat etilganmi — tekshiring
Aviada taqiqlar avtodan kengroq. Buyurtma berishdan oldin taqiqlar ro‘yxatini ko‘rib chiqing.

Manzilni ilovaga kiriting
Pinduoduo / Taobao → 个人中心 (Profil) → 收货地址 (Manzillar). Botdagi manzilni to‘liq nusxa qiling, «添加收货地址» bosing va saqlang.
To‘lang va trek raqamni oling
Tovarni to‘lab, buyurtmani rasmiylashtiring. Sotuvchi jo‘natgach, ilovada trek raqam (物流单号) paydo bo‘ladi.

Trek raqamni botga kiriting
Botda: 🚚 Trek raqam kiritish → raqamni yuboring → yetkazish turi so‘ralsa ✈️ Avia ni tanlang.
Kuting, to‘lang va oling
Yuk Xitoy omboriga kelganda botda status o‘zgaradi. Ombordan chiqqan kundan 3–7 kun; O‘zbekistonga kelgach kargo to‘lovi hisoblanadi — 📦 To‘lov bo‘limida link chiqadi.
Aviada taqiqlangan yuklar
Aviada taqiqlar avtodan kengroq. Shubha bo‘lsa — buyurtmadan oldin operatorga yozing.
Taqiqlangan va cheklangan tovarlar
Buyurtma berishdan oldin ro'yxatni ko'rib chiqing — quyidagi tovarlar jo'natishga qabul qilinmaydi.
Eng ko‘p qilinadigan 5 xato
Manzilga noto‘g‘ri telefon yozish (avia/avto aralashtirib) — yuk kerakli reysga tushmaydi
ID kodni yozmaslik yoki xato yozish — yuk egasiz qoladi
Trek raqamni botga kiritmaslik — ombor yukni tanimaydi
Taqiqlangan tovarni avia bilan buyurtma qilish — jo‘natilmaydi
Savdo partiyasini shaxsiy deb ko‘rsatish — seriya tarifi 11,9 $

Hoziroq boshlang
Ilovani yuklab oling, ID kodingizni oling va birinchi buyurtmangizni bering — hammasi bir joyda. Telegram kanalimizni kuzatib boring, 24/7 call-markaz ham xizmatingizda.